Xorijiy mamlakatlarda yaşayotgan köplab özbekistonliklar vatanga qaytiş haqida jiddiy öylaşmoqda. Kun.uz muxbiri "Buyuk kelajak" ekspertlar kengaşi raisi Alişer Kalanovning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
"Mamlakatdagi islohotlarni diqqat bilan kuzatayotgan köplab ekspatlar (xorijda işlovçi özbekistonliklar), islohotlarga doir qarorlarni örganuvçi ekspertlarning aksariyati vatanga qaytiş borasida jiddiy öylaşmoqda", - dedi Kalanov Özbekistonning uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasiga bağişlangan forumda sözga çiqar ekan.
Forum ikki kun davom etadi. "Buyuk kelajak"ning turli sohalardagi ekspertlari Özbekistonni 2035 yilgaça uzoq muddatli rivojlantiriş strategiyasi konsepsiyasini muhokama qilişadi. Bugunga kelib kengaş dunyoning 20 dan ortiq davlatida istiqomat qiluvçi 155 nafar vatandoşimizni birlaştirmoqda. Kalanovning sözlariga köra, kengaşda "intellektual elita" töplangan.
U ekspertlar kengaşi mamlakat oldida turgan dolzarb çaqiriqlarga javob topişi kerakligini ta'kidladi. "Kengaş muayyan bir bosqiçda respublika rahbariyati uçun kadrlar zaxirasiga aylanişi mumkin", - qöşimça qiladi kengaş raisi.
Uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş va turtki beriş uçun işlab çiqilmoqda. Uni işlab çiqişga şuningdek xalqaro konsalting kompaniyalari ham jalb etilmoqda. Yakuniy hujjat davlat rahbariga körib çiqiş uçun taqdim etiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev birinçi marta 2017 yilning sentabrida Nyu-Yorkka taşrifi davomida xorijiy mamlakatlarda yaşovçi va işlovçi vatandoşlarimizni Özbekistondagi islohotlarga qöşilişga çaqirdi.













