Yod tanqisligi mavjud mintaqalar, jumladan Özbekistonda qalqonsimon bez sohasidagi muammolar köp uçraydi - gipoterioz, tugunlar hosil bölişi, böqoq va h.k. Bularga qarşi qanday kuraşiş kerak? KUN.UZ muxbiri NovatioGroup kompaniyasi tomonidan Özbekistonga taklif qilingan rossiyalik şifokor-endokrinolog, diyetolog, RightDiet onlayn tizimi asosçisi Vadim Krilov bilan şu mavzuda suhbatlaşib, kerakli ma'lumotlarni taqdim etişga qaror qildi.

Foto: Dinara Çirkova
Soç tökilişi, terining quruqlanişi, qabziyat (iç qotişi), tez toliqiş, uyquçanlik, tuşkunlik, xotiraning pasayişi va boşqalar gipoteriozga xos belgilar hisoblanadi. Qalqonsimon bez kasalliklari uning kattalaşişi (böqoq), faoliyatining kuçayib ketişi (giperterioz), pasayişi (gipoterioz), yalliğlanişi (tireoidit) va unda xavfli va xavfsiz ösimta paydo bölişi bilan namoyon böladi.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda ommaviy yod profilaktikasi qöllanadi. Qayerdadir - non, boşqa bir joyda esa - sut, ya'ni ommaviy iste'mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniladi. Afsuski, sönggi 10-20 yilliklarda bunday ommaviy yod profilaktikasi ötkazilmayapti. Şu bois barça taomlarni tayyorlaşda yodlangan tuzdan foydalanişi kerak.
Tarkibida yod bölgan preparatlarni qaçon qabul qiliş kerak?
Yod tanqisligi natijasida gipoterioz yuzaga kelgan bölsa, 6-9 oy davomida har kuni 200 mikrogrammdan yodli preparatlarni qabul qiliş kerak. Buning heç qanday salbiy ta'siri yöq, aksinça uni qabul qilmasak salbiy ta'sirni yuzaga keltirişi mumkin. Har yarim yilda ahvol yaxşi tomonga özgaryaptimi yoki yöq, kuzatiş kerak.
Kimlar yod preparatlarini qabul qilişi kerak?
- Yoz, kuz, qiş, bahor - qaysi fasl bölişidan qat'i nazar, Özbekistonning butun aholisi yodlangan tuz qöşilgan taomlarni iste'mol qilişi kerak.
- Farzand kutayotgan ayollar homiladorlikning ilk kunlaridanoq 200 mikrogrammdan yod preparatini qabul qilişlari zarur.
- Qalqonsimon bezda fakal özgarişlar (1 sm'dan kiçik tugunlar) bölgan kişilar;
- Bolalar, albatta, qalqonsimon bez sohasi ultrataşxis tekşiruvi (UTT) asosida.
Yarim yildan keyin qayta UTT ötkazilib, qalqonsimon bez gormonlari tekşiriladi. JSST tavsiyasiga köra, barça yodlangan tuz qöşilgan taomlarni iste'mol qilişi kerak.
















