2018 yilning 29 iyun kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori Laziz Tangriyev va “Ozodlik” radiosi xalqaro notijorat taşkilotining boş muharriri hamda vitse-prezidenti Ninad Pejiç uçraşuvi bölib ötdi.
ÖzMAA boş direktori L.Tangriyev mehmonga Agentlikning asosiy faoliyat yönalişlari haqida ma'lumot berib, uşbu taşkilot ommaviy axborot vositalari sohasida davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organi ekanligini qayd etib ötdi.
Ninad Pejiç uşbu fikrni qöllab-quvvatlab, Agentlikning xuddi boşqa mamlakatlarda bölgani kabi OAV sohasida qonun buzilişlarining oldini oliş, ularning faoliyat körsatişlari uçun guvohnoma beriş kabi masalalar bilan şuğullanişi unga ma'lum ekanligini alohida ta'kidlab, quyidagilarni ma'lum qildi:
- Özbekistonga kelişimning asosiy sabablaridan biri şuki, bugun davlatingizda juda katta özgarişlar sodir bölmoqda. Biz, albatta, bu özgarişlarni Özbekiston uçun yaxşi deb hisoblaymiz. Şuningdek, özbek matbuotida ijobiy ma'noda portlaş sodir böldi. Va biz ana şu portlaşning bir bölagi bölişni xohlardik. Aynan mana şuning uçun ham Özbekistonda rasman röyxatdan ötgan holda faoliyat yuritişni istaymiz. Men Özbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida katta iştiyoqni his qilyapman. Çunki hamma davlatlarda ham matbuot sohasidagi vaziyatni yaxşi deb bölmaydi. Ba'zi davlatlarda OAV erkinligi pasayib bormoqda, - dedi Ninad Pejiç.
- Siz ta'kidlagan portlaş muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan izçil islohotlarning samarasidir. Çunki, sir emaski, har qanday jamiyatda matbuot va OAV erkinligini çeklovçi kuçlar mavjud böladi. Prezidentimizning qat'iyati, azmu şijoati ana şu kuçlarni yengdi. Özbek jurnalistikasi tarixida heç qaçon kuzatilmagan imkoniyat eşiklari oçildi, ulkan şart-şaroitlar yaratib berilmoqda. Misol uçun, yaqindagina taşkil etilgan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini yoki nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça davlat fondi taşkil etiş böyiça olib borilayotgan işlarni aytib ötiş mumkin. Şuningdek, 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan önlab nodavlat OAV, xususan, internet naşrlari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, - deya fikr bildirdi L.Tangriyev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov Nenad Pejiç bilan uçraşgani xabar qilingandi.

















