Xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning öziga xosligidan kelib çiqib, senatorlar töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlarni ixçam, kamxarj va dabdabasiz ötkaziş böyiça qarorga keldi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining ön beşinçi yalpi majlisi ikkinçi iş kunida iştirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Qayd etilişiça, xalqimiz xohiş-irodasi töy-haşam va boşqa oilaviy tadbirlarni ixçam ötkazişni yölga qöyişga muayyan me'yoriy hujjat bilan emas, odamlar örtasida keng kölamli tarğibot-taşviqot, şaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erişiş har jihatdan foydali ekanini körsatgan.
Senatorlarning fikriça, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli ötkazişni keng jamoatçilik va har bir inson ongli ravişda anglab yetmoği lozim.
Avvalroq, töylarni kamxarj ötkazişda odamlarni san'atkorlarga tölanadigan haq eng köp qiynayotgani xabar qilingandi.












