Sport | 01:14 / 29.06.2018
7663
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Belgiya Angliyani kichik hisobda mag‘lub etib, pley-offga 1-o‘rin bilan chiqdi

Jahon chempionati G guruhining 3-turida Angliya va Belgiya terma jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. "Kaliningrad" stadionida kechgan uchrashuv Belgiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
 
O‘yindagi yagona gol 51-daqiqada Yanuzay tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa Belgiya terma jamoasi guruhdagi barcha o‘yinlarni yutib, 9 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni egallagan inglizlar hisobida 6 ochko bor. 

G guruhi. 3-tur
Angliya - Belgiya - 0:1 (0:0)

Gol: Yanuzay, 51. 

Angliya: Pikford, Keyxill, Stouns (Maguayr, 46), Djouns, Aleksandr-Arnold (Uelbek, 79), Dayyer, Delf, Loftus-Chik, Rouz, Vardi, Reshford.
Belgiya: Kurtua, Fermalen (Kompani, 74), Boyata, Dendonker, Shadli, Dembele, Fellaini, T.Azar, Yanuzay (Mertens, 86), Batshuayi, Tilemans.
Ogohlantirishlar: Tilemans, 19. Dendonker, 33.

Mavzuga oid