Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda
Foto: ortex.uz
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda sodir etilgan yer qonunchiligi buzilishi holatlariga tabaqalashtirilgan jarima sanksiyalari belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ma'qullangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida shunday deyilgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish, ya'ni yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
O‘tkazilgan inventarizatsiya ma'lumotlariga ko‘ra 50 foizdan ko‘p, ayrim viloyatlarda esa 75 foizgacha suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanish va suvga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsat olishmagan. Natijada ushbu huquqbuzarlar tomonidan yer ostidan olinayotgan suv zaxiralarining hisob-kitobi yo‘q va ular tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasining gidro-geologik stansiyalariga tegishli hisobotlar taqdim etilmay kelinmoqda.
Shu sababli, suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish, ya'ni yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Mavzuga oid
07:19 / 24.03.2026
Eng yirik chuchuk suv zaxiralariga ega mamlakatlar reytingi
17:28 / 10.03.2026
Dorini retsepsiz berganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14:35 / 09.03.2026
Toshkentda yana o‘smirlar mashina boshqarib yurgani ma’lum bo‘ldi
09:23 / 16.02.2026