Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada 8 yoshli bolakay universitetga o‘qishga kirmoqchi
Belgiyalik vunderkind Loran Simon Bryuggedagi o‘rta maktabni 8 yoshida tamomladi. 6 yillik ushbu maktabni Loran 1,5 yilda tugatdi.
Bolaning onasi - niderland, otasi - belgiyalik. Loranning intellektual rivojlanish koeffitsiyenti - 145 punkt. U 17 yoshli sinfdoshlari bilan bir vaqtda o‘rta maktabni tamomlagani xususida diplom olgan.
Radio orqali chiqishi vaqtida Loran o‘zining eng sevimli fani deb matematikani tilga olgan, u bu fanni statistika, geometriya va algebrani qamrab olgani uchun alqagan.
Bolakay yozgi ta'tildan keyin universitetga o‘qishga kirmoqchi. Uning otasi o‘g‘li uzoqqa ketmasligiga umid qilmoqda, ammo unga xorijdagi ko‘plab oliygohlardan takliflar bor.
Hozircha u qaysi universitetda qaysi sohada o‘qishni davom ettirish borasida bir qarorga kelmagan, bu ko‘p ehtimol bilan matematika yoki fizika bo‘ladi.
Otaning hikoya qilishicha, Loran bolaligidan boshqa bolalar bilan o‘ynashni yoqtirmagan.
Loran Amsterdamdagi gimnaziyaga 6 yoshida qabul qilingan, oxirgi oylar mobaynida u tabiiy fanlar va matematika bilan jiddiy shug‘ullangan.
Maktabdan bo‘sh vaqtlarida u matematik misollar yechish bilan shug‘ullangan va tibbiyot bo‘yicha kitoblarni mutolaa qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra o‘g‘li bir vaqtning o‘zida ham jarroh, ham astronavt bo‘lishni istaydi, shu bilan birga u kompyuter fanlari bilan ham shug‘ullanish haqida o‘ylab qoldi.
«Biz o‘g‘limiz bilan juda ham faxrlanamiz, maktabda ayrim rasmiyatchiliklar bo‘lmaganida u bundan ham ertaroq o‘quv kurslarini yakunlagan bo‘lardi», deydi bolaning otasi RTL muxbiri bilan suhbatda.
«Agar u ertaga duradgor bo‘lishni istab qolsa ham qarshiligimiz yo‘q, muhimi u o‘zini baxtiyor his qilsa bo‘lgani», degan ota.
Mavzuga oid
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
08:39 / 28.05.2026
Bryusselda o‘zbekistonlik fuqaroning hayoti saqlab qolindi
18:52 / 21.01.2026
“Teleportatsiya qiluvchi robot yasayman” – kattalardek fikrlayotgan 7 yoshli Solih
21:15 / 24.10.2025