Jahon | 12:37 / 02.07.2018
11346
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyaliklar armiyada xizmat qilishni rad etishlari mumkin bo‘ladi

Foto: Chung Sung-Jun/Getty Images

Tez orada Janubiy Koreyaning harbiy xizmatga majbur fuqarolari milliy armiyada xizmat qilishni rad etishlari mumkin bo‘ladi. Mamlakat Konstitutsiyaviy sudi chiqargan xulosaga muvofiq, mamlakat hukumati diniy yoki siyosiy qarashi tufayli armiyada xizmat qilishni rad etgan fuqarolar uchun muqobil xizmat qilish usullarini taqdim etishi kerak. Hozircha, mavjud qonunchilikka ko‘ra, 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan barcha koreyaliklar harbiy xizmatni o‘tashga majburdir. 

CNN telekanalining xabar qilishicha, J.Koreya Konstitutsiyaviy sudi a'zolari 6-3 nisbatda aniqlaganidek, mamlakatning “Harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasi konstitutsiyaga ziddir. Chunki u harbiy bo‘lmagan yo‘l bilan xizmat qilishga doir tanlovni taqdim etmagan. 

Shu munosabat bilan sud ushbu qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hukumat va parlamentga 2019 yil oxirigacha muddat bergan. 

Amnesty International tashkilotiga ko‘ra, Janubiy Koreya dunyoning boshqa davlatlarini qo‘shib hisoblaganda ham ko‘proq fuqarolarni armiyada xizmat qilishni rad etgani uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etadi, deyiladi xabarda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid