May oyi oxirida Parijda kiçik bolakayni yuqori qavatdan qulaşdan saqlab qolgan malilik migrant Mamudu Gassama öt öçiruvçi bölib işlaşga doir şartnomani imzoladi. Parisien gazetasi seşanba kuni şu haqida xabar berdi.
Voqea may oyi oxirida röy bergandi. Tört yoşli bola balkon tösiğida osilib qolganini körgan Gassama sanoqli soniyalar içida uyning beşinçi qavatiga kötarilib, bolaning hayotini saqlab qoldi. Köçadan ketayotib voqeaning ustidan çiqqan guvohlardan biri buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan va millionlab foydalanuvçilar uni tomoşa qilişgan.
Bu qahramonlik haqidagi xabar keng ommaga tarqaldi, hatto Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham yigitni qabul qildi. Hukumat vakillari Gassam hujjatlar bilan boğliq muammolarini imkon qadar tezroq tartibga solib, mamlakat fuqaroligini olişiga yordam qilişga va'da berişdi.

Manbaga köra, Gassama 28 iyun kuni öt öçiruvçi bölib işga joylaşişga doir şartnomani imzolagan. U kuzdan boşlab xizmatga kirişadi, unga qadar esa dam oliş uçun ta'tilga çiqadi.
















