Çempion hikoyalari: Romelu Lukaku antiqa sut retsepti, Terri Anri va boşqalar haqida
|14:57 / 04.07.201813 77516 min
Belgiya terma jamoasi Rossiyadagi jahon çempionatida juda yorqin öyin namoyiş etmoqda va ğoliblik uçun eng asosiy da'vogarlardan biri bölib turibdi. Uşbu terma jamoaning yetakçisi haqida gap borganda, köpçilik sardor Eden Azarni yoki Angliyaning eng yaxşi yarim himoyaçilaridan biri Kevin de Bryuyneni tilga oladi. Ammo agar e'tibor berayotgan bölsangiz, futbolçilarni ilhomlantiriş, ta'sirli sözlar bilan olğa boşlaş köproq Romelu Lukaku tomonidan amalga oşirilayotganini körasiz. Tanaffus paytida ham, yeçiniş xonasida ham şeriklari aynan Romeluning otaşin nutqlarini tinglaşmoqda.
Xöş, Romelu ularga nimalarni aytişi mumkin? Bu qoronğu. Lekin uning maşhur ThePlayersTribune portalidagi hikoyasini öqisangiz, köp narsaga amin bölasiz. Bu materialni e'tiborsiz qoldira olmadik.
Men öşa kunni juda yaxşi eslayman. Hozir ham öşa, muzlatgiç oldida turgan onamning siniq yuzini köz oldimga keltira olaman.
Olti yoş edim çamasi. Har doimgidek, tuşlik qilib olgani maktabdan uyga çopdim. Menyu har doim bir xil bölardi – non va sut. Bolalikda bunga e'tibor bermaysan, lekin keyinçalik öylaşimça, bizning faqat şunga qurbimiz yetardi. Bu safar ham qölida sut korobkasini uşlab olgan onamni kördim. U bu safar sutga nimanidir aralaştirardi. Nima edi bu, bilasanmi? Heç narsani tuşunmayotgandim, u sutni oldimga keltirdi va xuddi ajoyib ixtironi amalga oşirgandek jilmaydi. U sutga suv aralaştirgandi. Endi biz yanada kambağallaşgan, har hafta sut içiş uçun pulimiz yetmasdi.
Otam professional futbolçi bölgan, ammo u öz faoliyatini tugatgaç, pulimiz qolmadi. Eng avvalo, kabel televideniyemizni uzib ketişdi – endi futbol yöq. Endi futbol tomoşa qila olmasdik, tamom. Bir kuni uyga kelsam, gazni ham uzişibdi, haftada ikki-uç marta elektr tokisiz qoladigan böldik. Vannada çömilmoqçi bölsam, endi issiq suv ham muammo edi. Onam kiçik idişda suv isitar, men vannada turvolib, oddiy çaşkada boşimdan suv quyib yuvinardim.
Biz öşa kungaça kuraşib keldik. Ammo onam sutga suv aralaştirayotganini körganimda, hammasi tamom bölgandek tuyuldi. Şu bizning hayotimiz edi.
Indamay tuşlik qildim. Onamning yana bu haqida söz oçişini istamadim. Ammo Xudo haqqi, aynan öşa kuni özimga özim söz bergandim, göyoki nimadir meni uyqudan uyğotgandek – endi nima qilişni va nima qilmoqçi bölayotganimni aniq bilib turardim. Men onamning bunday yaşaşiga qarab tura olmayman. Yöq, yöq, yöq. Bu men uçun oğir.
Mavzuga oid
«Oyi, hammasi boşqaça böladi. Körasan. Men «Anderleht»da öynayman. Şu kun albatta keladi. Biz yaxşi yaşaymiz. Xavotir olma!»
Men öşanda olti yoşda edim.
Dadamdan sörayman – «Haqiqiy futbol neça yoşdan boşlanadi?»
«Ön olti yoşdan»
«OK, ön olti bölsa, ön olti»
Bilasizmi, özim qatnaşgan har bir öyin men uçun finalga teng. Parkda döstlarim bilan öynayapmanmi, bu ham final. Bolalar boğçasidagi tanaffusda töp tepyapmanmi, bu final. Men maydonda ölardim. Men uçun futbol şunçaki öyin bölmagan. Heç qanday FIFA simulyatori haqida gap bölişi mumkin emas, menda Playstation yöq edi. Men öynamasdim, men maydonda jang qilardim.
Tengqurlarimga nisbatan gavdam juda katta edi. Şuning uçun köpçilik hayron bölar, men ba'zida asl yoşimni isbotlaşimga töğri kelardi. 11 yoşligimda bolalar jamoasida öynaşim kerak bölganida, raqib jamoadagi bolalarning ota-onalari meni maydonga tuşişimga qattiq qarşilik qilişgani ham esimda.
«Bu bola neça yoş? Qayerdan kelib qoldi? I.D hujjati qani?» deb töpolon qilişgandi.
«Qayerdan bölardim, Belgiyadanman. Antverpenda tuğilganman», – deb öylardim içimda.
Maşinamiz yöqligi tufayli, safardagi öyinlarimga otam bormas, köpinça özimni-özim himoya qilişimga töğri kelardi. Sumkamdan hujjatlarimni olib kelib körsatar, öşa paytda qonim badtar jöşib, «hali maydonda öğlingizga körsatib qöyaman» degan fikrlar keçardi xayolimdan.
Men Belgiya futbol tarixida eng zör futbolçi bölişni orzu qilardim. Maqsadim şu edi. Yaxşi futbolçi emas, eng zör bölişni. Meni bu maqsad sari yetaklaydigan, jahlimni çiqaradigan omillar yetarli edi – masalan, uyimizda yugurib yuradigan kalamuşlar... yoki kabelga pulimiz yöqligi tufayli Çempionlar Ligasi öyinlarini köra olmaganim... boşqa bolalarning ota-onalari qandaydir jirkaniş va qörquv bilan menga boqişlari...
12 yoşimda 34 öyinda 76 gol urdim. Men bu gollarni otamning butsasida urganman. U paytga kelib, bizning oyoq ölçamlarimiz deyarli teng bölib qolgan, almaşib kiyaverardik.
Bir kuni bobomga, onamning otasiga telefon qildim. U mening hayotimdagi eng muhim insonlardan biri bölgan. Meni ota-onamning vatani bölmiş Kongo bilan boğlab turadigan odam ham aynan u edi. «Buva, hammasi yaxşi, men 76 gol urdim, ligada çempion böldik. Katta klublar menga e'tibor qaratişyapti», – dedim unga telefon orqali gaplaşganimizda.
U har doim mendan futboldagi erişganlarim, yangiliklar haqida qiziqib sörardi, ammo bu safar sal boşqaça kayfiyatda edi.
«Ha, Rom, bu hammasi yaxşi. Lekin men uçun bir narsa qila olasanmi?»
«Albatta, nima qilişim kerak?» – deb söradim men.
«Mening qizimga ğamxörlik qilişingizni, unga yaxşi qaraşingizni istayman, iltimos»
Oçiği, biroz uyaldim. Nega bobom bunday deyapti?
«Onamni aytyapsizmi? Hammasi joyida, biz yaxşimiz»
«Yöq, menga va'da ber» – deb gapimni böldi u, - «menga va'da bera olasanmi? Şunçaki, unga yaxşi qara, men uçun şunday qil, böptimi?»
Beş kundan keyin u vafot etdi. Öşandagina, nega buvam bunday deganini tuşundim.
Qani edi, yana tört yil yaşaganda, mening «Anderleht»da öynaganimni körganida, biz bilan, qizi bilan hammasi yaxşi ekanini körganida, deb öylayman doim.
***
Men onamga ön olti yoşimda «Anderleht»da öynayman deb va'da bergan edim. 11 kunga keç qoldim.
2009 yil. 24 may. Hayotimdagi eng ajoyib kun. Pley-off bosqiçining finalida «Anderleht» «Lej»ga qarşi öynaşi kerak edi.
Bu haqida keyinroq. Sal sabr qiling. Çunki öşa mavsum boşida men hatto «Anderleht»ning yoşlar jamoasida ham zaxirada ötirgandim. Ön oltiga tölaman yaqinda. Axir bu turişda, U-19 zaxirasida ötirib, qanday qilib klub bilan professional şartnoma imzolaşim mumkin? Şuning uçun murabbiyning oldiga bordim.
«Janob, meni asosiy tarkibga qöying, dekabrgaça 25 gol urişga va'da beraman»
U kulib yubordi. Öylaşimça, mening ustimdan kulayotgandi.
«Keling garov boylaymiz», – böş kelmadim.
«Xöp, agar dekabrgaça 25 gol ura olmasang, zaxiraga ötirasan» – dedi u.
«Roziman, lekin agar va'damning ustidan çiqsam, siz klubdagi barça avtobuslarni tozalab çiqasiz» - meni endi töxtatib bölmasdi.
«Yana, bizga har kuni blinçik pişirib berasiz». U yana rozi böldi.
Dekabr emas, noyabrgaça 25 gol urdim. Ana, sizga dars bölsin örtoq murabbiy, heç qaçon qorni oç bola bilan bahslaşmang!
16 yoşga tölgan kunim, «Anderleht» bilan professional şartnoma imzoladim, şu kuniyoq özimga pleysteşion va kabel televideniye jihozlarini sotib oldim. Öşa mavsum juda keskin ötgan, «Anderleht» va «Standart» (Lej) bir xil oçko töplagandi. Şuning uçun sovrin egasi uy-safardagi ikki öyin orqali aniqlanadigan böldi.
Birinçi öyinni uyda, televizorda kördim. Ikkinçi öyin arafasida esa, menga zaxira tarkibi murabbiyi telefon qildi.
«Salom, Rom, nima qilyapsan?»
«Şu, parkka futbol öynagani çiqmoqçi bölib turuvdim»
«Yöq, yöq, narsalaringni yiğiştir, hoziroq!»
«Nega, nima böldi?»
«Hozir stadionga borişimiz kerak. Asosiy tarkib murabbiylari seni körişmoqçi»
«Qaysi murabbiylar? Qayerda?»
«Anderleht», tentak, «Anderleht!»
Stadionga borsam, murabbiylardan biri mendan söradi – «bolakay, senga qaysi raqam yoqadi?»
«Mayli, 10-raqam yoqadi»
«Ha, senga qaysi raqamni beraylik?» – savolini özgartirib söradi u.
«10»
U kulib yubordi. Men ham qöşilişib kuldim. Istihola qiladigan yoşga yetganim yöq edi axir.
«Akademiyadagi bolalar 30dan yuqorisini olişlari kerak» – dedi u biroz öylab turib.
«Xöp, oltiga uçni qöşsa, töqqiz böladi, menga juda yoqadi, böpti, 36ni bering»
Uyoğini aytgani uyalaman – öşa kuni keçqurun, ovqat paytida, asosiy tarkib öyinçilari menga qöşiq ayttirişgandi. Şunçalik boşim aylangandiki, qaysi qöşiqni tanlaganimni eslay ham olmayman.
Ertasiga ertalab, «Rom öynagani çiqadimi?» deb eşigimni taqillatgan döstimga onam jiddiy turib, «yöq, u öynaydi» deb javob bergani...
«Qayerda öynaydi?»
«Finalda!»
***
Avtobusdan tuşar ekanman, butun telekameralar meni menga qaratilganini his qildim. Kostyumda özimni noqulay his qildim, heç qisi yöq, yeçiniş xonasigaça uzoği bilan 300 metr, uç daqiqada yetib olamiz. Işonasizmi, xonaga kirib kelişim bilan telefonim tinmay jiringlay boşladi, smslarga tölib ketdi. Televizorda avtobusdan tuşib kelayotganimni körsatişgan, albatta, heç narsadan xabari yöq döstlarim hayron bölib qolişgan. Bir daqiqada 25ta sms kelgandi – «Sen öyinda nima qilyapsan?», «Rom, nima bölyapti, nega seni televizorda körsatişyapti?»
Eng yaqin döstimga javob yozib yubordim – «Bro, öynaymanmi, yöqmi bilmayman. Nima bölayotganini özim ham tuşunmayapman, televizor körişda davom et».
63-daqiqada murabbiy meni maydonga tuşirdi. 16 yoşga tölganimdan roppa-rosa 11 kun ötib, onamga va buvamga bergan va'damni bajarayotgandim. Öşa kuni biz yutqazdik, lekin men osmonlarda uçib yurardim. Endigina hammasi yaxşi bölişiga töliq amin böldim.
Kelasi yili men hali ham örta maktabda öqir, şu bilan birga Yevropa Ligasida öynardim. Belgiya çempionatida ğolib çiqdik, men esa, eng yaxşi afrikalik futbolçilar içida ikkinçi böldim. Töğrisi, hammasi bunçalik tez bölişini kutmagandim. Birdaniga men haqimda yoza boşlaşdi va mening kelajagim borasida, ayniqsa, terma jamoada menga umid qilişlari haqida fikrlar öqiy boşladim. Qani, Rom, böş kelma!
John Thys/AFP/Getty Images
Qiziği, agar hammasi zör ketsa, meni belgiyalik hujumçi Romelu Lukaku deb ataşar, agar öyinim qovuşmasa, asl kelib çiqişim kongolik ekaniga urğu berişardi. Bu meni juda xafa qilardi. Öyinim yoqadimi, yoqmaydimi, men şu yerda tuğilganman, Antverpenda, Lejda, Bryusselda ulğaydim. «Anderleht»da öynaşni orzu qilib voyaga yetdim. Katta bölsam, Vensan Kompani bölaman, derdim. Men belgiyalikman, tamom.
Hammamiz belgiyalikmiz.
Şuning uçun nega ba'zi yurtdoşlarim menga muvaffaqiyatsizlik tilaşini tuşuna olmayman. «Çelsi»ga borib, u yerda maydonga tuşa olmayotgan kezlarimda ustimdan kulişdi. «Vest Bromviç»ga ijaraga berib yuborilganimda qarsak ham çalişdi.
Axir bu odamlar biz sutga suv qöşib içayotganimizda yonimizda edilarmi? Agar unday bölmasa, ular meni heç qaçon tuşuna olmaydilar, meni his qila olmaydilar, töğrimi?
Eng kulgilisi nima aytaymi? Men bolaligimda 10 yil Çempionlar Ligasini köra olmaganman. Bizning bunga qurbimiz yetmasdi. Maktabga kelganimda örtoqlarimning final öyini haqida bir-birlariga gapirib berayotganliklarini körsam, özimni eşitmaganga olar yoki xuddi men ham özimni hammasini körgandek tutardim.
2002 yilgi finaldan keyin, bir-birlariga havodan berilgan zarba va ajoyib gol haqida aytib berişardi. Sir boy bermadim, faqat ikki hafta ötibgina, sinfdoşlarimdan biri internetdan tortib olingan Zidanning golini körsatgandagina, aslida gap nimada ekanini tuşungandim.
Öşa yili men şu örtoğimning uyiga borib, Ronaldoning finaldagi gollarini körsatişini söradim. Jahon çempionatidan qolgan tasvir men uçun şu xolos, qolgan barçasi tanişlarimning aytib bergan hikoyalari xolos.
Ha, yana tuflimda katta teşik bölganini ham eslayman. Katta teşik.
***
Ön ikki yil ötib esa, men jahon çempionatida maydonga tuşdim. Endi esa, ikkinçi jahon çempionatidaman.
Mark J. Rebilas/USA TODAY Sports
Döstim, meni tingla, bolaligimda men hatto Terri Anrini televizorda körişga ham zor edim, köra olmasdim. Endi esa, terma jamoada har kuni u bilan birgaman. Men tirik afsonaning yonida turaman va uning hikoyalarini tinglayman, har kun undan nimanidir örganmoqçi bölaman. Bilasizmi, Terri mendan ham köp futbol tomoşa qiladigan dunyodagi yagona inson bölsa kerak. Biz doim futbol haqida bahslaşamiz. Masalan, biz ötirib, bemalol Germaniya ikkinçi divizionidagi öyinni muhokama qilişimiz mumkin.
«Terri, «Fortuna» va «Dyusseldorf»ning keçagi öyinini kördingmi?» – deyman men.
«Savolni qara, albatta kördim», – deydi u.
Bu dunyoda men uçun eng zör hissiyot.
Lekin men bu işlarga bobom ham guvoh bölişini juda istardim. Yöq, Premer Liga haqida aytmayapman. «Mançester Yunayted» haqida ham aytmayapman. Çempionlar Ligasi ham emas. Jahon çempionati haqida ham emas gap.
Men bularni nazarda tutmayapman. Men şunçaki, hayotimiz yaxşilangan, iziga tuşgan bir paytda bobom yonimizda bölişini istardim. Qaniydi, u bilan yana bir marta telefonda gaplaşsam-u, unga aytib bersam:
«Kördingmi? Aytgandimku! Qizingdan xavotir olma, unda hammasi yaxşi. Endi uyda kalamuşlar yöq, biz polda uxlamayapmiz, sutga suv qöşmayapmiz. Qizing siqilmayapti, uning kayfiyati joyida. Biz yaxşimiz, buva...
... Endi bizdan I.D söraşmayapti. Bizni taniydilar...»
Romelu Lukaku
ThePlayersTribune materiali asosida Q.Aslanov tayyorladi