Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi O‘zbekiston miqyosida yong‘oq, bodom va pista yetishtirishda zamonaviy texnologiyalar va navlardan foydalanish, lalmi yerlardan unumli foydalangan holda, zamonaviy yong‘oq, bodom va pista plantatsiyalarini barpo qilish hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida 2017 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori asosida tashkil etilgan.

Yong‘oq, bodom va pistaning serhosil zamonaviy plantatsiyalarini tashkil etish, ilmiy usullarga asoslangan va suv resurslarini tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yong‘oq, bodom va pista ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish choralarini keng targ‘ib qilish, mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida, marketing tadqiqotlarini olib borish va eksport hajmini ko‘paytirish uyushmaning asosiy vazifalariga kiradi.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

Uyushma, shuningdek, yong‘oq, bodom va pista ko‘chatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan a'zolarni hamda agronomlarni agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha o‘qitishni ham tashkil etadi.

Uyushma tomonidan yong‘oqchilik sohasini rivojlantirishni hohlovchilarga va a'zolariga quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:

•   Agronomlar, fitopatolog, biotexnolog, mikrobiolog va boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va maslahatlar;

•   Ko‘chat yetkazib berish hamda ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;

•   Intensiv bog‘larni loyihalash xizmatlari, yong‘oq, bodom, pista bog‘lari uchun kerakli texnika va ko‘chatlarni xarid qilish bo‘yicha tavsiyalar va konsultativ xizmatlar;

•   Yong‘oqchilik bo‘yicha dunyo tajribasidan ma'lumotlarni a'zolarga taqdim etish, yong‘oq mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish;

•   Uyushma mutaxassislari nazoratida bog‘lar yaratish va parvarishlash.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

Uyushma va uning mutaxassislari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan istalgan tadbirkorlik sub'yekti, assotsiatsiya a'zosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'iy nazar bepul ravishda foydalanishi mumkin.