Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaraguada namoyishlar vaqtida halok bo‘lganlar soni 300dan oshib ketdi
Nikaraguada hukumatga qarshi namoyishlar oqibatida halok bo‘lganlar umumiy soni yana 24 nafarga ko‘payib, 309 nafarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq 19 apreldan beri davom etayotgan namoyishlarda 285 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. Prensa portalining ma'lum qilishicha, jarohat olganlar soni hali ham 1,5 ming kishi atrofida baholanmoqda, ulardan 46 nafari jiddiy jarohatlangan.
Nikaraguada aprel o‘rtasidan hukumatning ish beruvchilar va ishchilarning ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga to‘lovlari qiymati oshirilishi ko‘zda tutilgan taklifiga qarshi namoyishlar davom etib kelmoqda. Prezident Daniel Ortega bu taklifni bekor qilganiga qaramay, namoyishlar to‘xtamayapti.
Mavzuga oid
14:13 / 02.03.2026
Pokistonda AQSh va Isroilga qarshi namoyishlar: 23 kishi halok bo‘ldi
17:47 / 22.02.2026
Eronda talabalar hukumatga qarshi yangi namoyishlar uyushtirdi
11:52 / 18.02.2026
Eronda yana hukumatga qarshi chiqishlar bo‘lib o‘tdi
16:27 / 02.02.2026