Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqdi
Adliya vazirligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ta'minlash doirasida xorijiy investitsiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganmoqda.
Agarda Siz xorijiy investor sifatida:
1) faoliyatingizni boshlash yoki uni takomillashtirish bilan bog‘liq taklif hamda murojaatlaringiz davlat idoralari tomonidan paysalga solinayotgan bo‘lsa;
2) soliq va boshqa imtiyozlarni qo‘llashni rad qilish holatlariga duch kelsangiz;
3) qonun hujjatlarining qo‘llanilishi bo‘yicha va boshqa masalalarda huquqiy maslahat olmoqchi bo‘lsangiz;
4) mamlakatimizda investitsion muhitni takomillashtirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa;
Adliya vazirligiga 1008 raqami orqali “Ishonch telefoni”, Feysbukdagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” guruhi orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Xorijiy investorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va himoya qilish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan sudlarga da'vo arizalari kiritilishi, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
10:20 / 08.07.2026
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
12:40 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev: Xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish ustuvor vazifa
09:17 / 11.06.2026