Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol jurnalist shundoq yonidan vyortolet uchib o‘tganiga qaramay pinagini buzmadi (video)
Ozarboyjonlik ayol jurnalist Elmira Musazoda havoga ko‘tarilayotgan vertolyotlarning shundoq yonida reportaj olib bordi. Jurnalistning bu reportajiga SBS kanali e'tibor qaratgan.
Musazodaning reportaji Ozarboyjon qurolli kuchlarining yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lgan. Rolikda jurnalist aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagida turib reportaj olib borayotgani va shunda uning orqasidagi ikkita vertolyot u tomonga qarab uchayotganini ko‘rish mumkin. Ayol vertolyotlar uning shundoq yonidan o‘tib ketganiga qaramay, joyidan bir qadam ham jilmagan holda reportajni davom ettirgan.
Musazodaning pinagini buzmagani xorijiy OAVlarni hayratlantirgan: uning ishtirokidagi video Britaniya, Kanada va AQSh internet-nashrlari tomonidan tarqatilgan.
Mavzuga oid
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
08:44 / 07.07.2026
Dunyodagi eng tezkor vertolyotlar: yetti rekordchi ro‘yxati
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
14:14 / 22.06.2026