Yaponiyada bir qator teraktlar sodir etgan “Aum Sinrikyo” sektasi yetakchilari qatl etildi

Foto: Jiji Press/AFP/Getty Images
Yaponiyada 6 iyunda “Aum Sinrikyo” sektasining 7 yetakchisiga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi. Bu haqda NHK telekompaniyasi ma'lum qildi.
Osish orqali sekta boshlig‘i Syoko Asaxara (asl ismi Tidzuo Matsumoto), sektaning harbiy vaziri Kiyoxide Xayakava, zaharlovchi gazlar ishlab chiqilishiga javob bergan Tomomasa Nakagava, shuningdek, Seyiti Endo, Tomomitsu Niimi, Masami Tsutiya va Yosixiro Inoue qatl etilgan.
“Aum Sinrikyo” (Aum haqiqati ta'limoti) 1987 yilda Syoko Asaxara tomonidan tashkil etilgan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, sekta a'zolari soni 30 mingdan 50 minggacha kishini tashkil qilgan, ulardan 10 ming nafari Rossiyada bo‘lgan.
1994 yilda sekta a'zolari Nagano prefekturasidagi Matsumoto shahrida zarin zaharli moddasi sochishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. 1995 yil martida sektachilar Tokio metrosida xuddi shu usulni qo‘llashi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 6,3 ming kishi turli darajada zaharlangan. O‘shanda politsiya sektaning 30 ga yaqin yetakchisini qo‘lga olgan. Ulardan 13 nafari, jumladan sekta boshlig‘i Syoko Asaxaraga nisbatan o‘lim jazosi chiqarilgan. Biroq hukm shu kungacha ijro etilmay kelinayotgandi.
Sektachilar qatl etilmay kelinayotganining sabablaridan biri 2012 yilgacha sektaning uch yetakchisi yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan va Asaxara hayotining saqlab qolinishi ular hibsga olinsa tergov uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. 2012 yilda qochoqlar ushlanib, sudlangan.
Joriy yil bahorida o‘lim jazosiga mahkum qilinganlar Yaponiyaning turli turmalari bo‘yicha taqsimlana boshlangan, bu esa o‘lim jazosi ijro etilishiga tayyorgarlikni anglatgan.
Asaxara Tokiodagi turmada qoldirilib, shu yerda qatl etildi. U oxirgi yillar aql zaiflikdan aziyat chekib kelgan va undan aniq ko‘rsatmalar olishning iloji bo‘lmagan, u oilasi va advokatlari bilan uchrashishdan bosh tortib kelgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
Mavzuga oid

00:43
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:48 / 22.04.2025
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

00:20 / 12.04.2025