Jahon | 15:02 / 06.07.2018
5937
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada FETO bilan aloqadorlik uchun 346 kishini qo‘lga olishga order berildi

Foto: Anadolu

Turkiya g‘arbidagi Izmir va Istanbul prokuraturasi Fathulloh Gyulenning FETO tashkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 346 kishini qo‘lga olishga order berdi, ularning orasida sobiq va amaldagi harbiy xizmatchilar ham bor. Anadolu huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, FETO bilan aloqada gumon qilinganlarning 271 nafarini qo‘lga olishga Istanbuldan order berilgan bo‘lib, ularning orasida iste'fodagi bir general, 122 nafar amaldagi harbiy xizmatchi, 120 kursant, turli sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan 29 harbiy va Qurolli kuchlar tarkibidagi guruhning bir necha "maxfiy imomlar"i bo‘lgan. Operatsiya Turkiyaning 47 provinsiyasida olib borilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Izmir prokuraturasi Turkiyaning 30 provinsiyasidagi operatsiyalarda 75 kishini qo‘lga olishga doir order bergan. Ularning orasida FETO bilan aloqadorlikda gumon qilingan amaldagi 59 nafar harbiy xizmatchi mavjud.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid