KUN.UZ tahririyati kelayotgan taklif va savollarga asoslangan holda qonunçilikka oid eng köp beriladigan savollarga töxtalib ötadi.
Mehnat şartnomasi xodim va iş beruvçi örtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga soluvçi hujjat hisoblanadi. Mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan quyidagi normalar belgilab ötilgan: “Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat şartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat şartnomasini ham iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qiliş asosli bölişi şart.
Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat şartnomasini bekor qilişning asosli ekanligini bildiradi:
1) texnologiyadagi, işlab çiqariş va mehnatni taşkil etişdagi özgarişlar, xodimlar soni (ştati) yoki iş xususiyatining özgarişiga olib kelgan işlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;
2) xodimning malakasi yetarli bölmaganligi yoki soğliği holatiga köra bajarayotgan işiga noloyiq bölib qolişi;
3) xodimning öz mehnat vazifalarini muntazam ravişda buzganligi. Avval mehnat vazifalarini buzganligi uçun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat töğrisidagi qonunlar va boşqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta'sir çoralari qöllanilgan kundan e'tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojöya harakat sodir qilinişi mehnat vazifalarini muntazam ravişda buziş hisoblanadi;
4) xodimning öz mehnat vazifalarini bir marta qöpol ravişda buzganligi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qilişga olib kelişi mumkin bölgan mehnat vazifalarini bir marta qöpol ravişda buzişlarning röyxati:
içki mehnat tartibi qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari örtasida tuzilgan mehnat şartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qöllaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.
Xodimning öz mehnat vazifalarini buzişi qöpol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojöya harakatning oğir-yengilligiga hamda bunday buziş tufayli kelib çiqqan yoki kelib çiqişi mumkin bölgan oqibatlarga qarab hal etiladi;
5) örindoşlik asosida işlamaydigan boşqa xodimning işga qabul qilinişi munosabati bilan, şuningdek mehnat şartlariga köra örindoşlik işi çeklanişi sababli örindoşlar bilan mehnat şartnomasining bekor qilinganligi;
















