03:00 / 08.07.2018
38605

Yarim final juftliklari ma'lum bo‘ldi

Foto: Reuters

Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati 1/4 finalida penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra Rossiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.(2:2, 4:3 penaltilar seriyasida).

Unga ko‘ra yarim finalda quyidagicha juftlik hosil bo‘ldi.

Fransiya—Belgiya

Angliya—Xorvatiya

Shu tariqa, Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati yarim finalida Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da, Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Yarim finalning yana bir juftligida Fransiya hamda Belgiya terma jamoalari bahs olib borishadi. Ushbu o‘yin 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da o‘tkaziladi. 

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top