Ruminiya harbiy havo kuçlarining MiG-21 Lanser qiruvçi samolyoti Feteştdagi harbiy havo bazasidan 10 km uzoqlikda falokatga uçradi. Bu haqda Ruminiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Vazirlik bayonotida aytilişiça, 7 iyul, şanba kuni Feteştdagi 86-harbiy bazadan havoga kötarilgan MiG Lanser samolyoti taxminan soat 13:30larda havo bazasidan 10 km şimolda qulab tuşgan. Hozirda uçuvçining ahvoli, u halokatdan oldin samolyotni tark etişga ulgurgani yo ulgurmagani noma'lumligiça qolmoqda.

Ma'lum bölişiça, halokat bazada ötkazilayotgan harbiy körgazma amaliyotlari vaqtida yuz bergan. Havo bazasi rahbariyati favqulodda holatlar rejasini amalda qöllab körayotgan bölgan.

«Birinçi navbatda samolyotni boşqargan uçuvçi haqida öylamoqdamiz, uning holatini bilişimiz kerak. Töla mas'uliyatni zimmamga olgan holda aytişim mumkinki, Ruminiya harbiy-havo kuçlari uçuvçi apparatlari töliq soz holatda», - dedi mamlakat mudofaa vaziri Mixay Fifor Romania TV`dagi çiqişi vaqtida.

Voqea yuzasidan taftiş ötkaziş uçun Ruminiya mudofaa vazirligi qoşida maxsus komissiya tuzilgan.

Qayd etiş joiz, bundan bir yil avval ham Ruminiyaning xuddi şu rusumdagi qiruvçi samolyoti maşğulotlar vaqtida halokatga uçragandi. Öşanda samolyot uçuvçisi katapulta qilişga ulgurgan, biroq umurtqasidan jarohat olgandi.