Yevropadagi eng keksa ayol 117 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Ansa axborot agentligi.
Juzeppina Proyetto-Frau 6 iyul kuni Florentsiya provinsiyasining Montelupo-Forentino kommunasida vafot etdi. U 116 yil 37 kun umr ko‘rdi.
Ayol nafaqat Italiyadagi, balki yaponiyalik Tiyo Miyakodan keyin dunyodagi eng keksa ayol edi.
May oyida Britaniyaning eng keksa ayoli Bessi Kamm vafot etgandi. U 1904 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning hayoti davomida Britaniya taxtida tojdorlar besh marta almashgan.









