Maykl Ondatjyening “Ingliz bemori” romani oxirgi 50 yil içida ingliz tilida yozilgan eng yaxşi asar deb topildi. Asar muallifi “Oltin Buker” mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar berilda Buker mukofoti saytida.

Eng yaxşi kitobni aniqlaş uçun umumxalq ovoz berişiga oxirgi 50 yil içida Buker mukofoti bilan taqdirlangan 5 ta kitob qöyilgandi. Ular orasida “Ingliz bemori”dan taşqari, Xilari Mentelning “Böri zali”, Jorj Sondersning “Bardodagi Linkoln”, Vidiadxar Naypolning “Mustaqil davlatda” va Penelopa Layvlining “Oy yölbarsi” asarlari bölgan.

“Ingliz bemori” Buker mukofotiga 1992 yilda loyiq topilgan. Roman asosida rejissyor Entoni Mingella tomonidan olingan surat 9 ta “Oskar” bilan taqdirlangan. Filmning bunday yuksak baholangani sababli Ondatjye “Oltin Buker” topşirilişi marosimida hozirda marhum bölgan Mingellani “ovoz beriş natijasiga öz hissasini qöşdi”, deb aytgan.

Maykl Ondatjye
Foto: Isabel Infantes/PA