2023 yilgi Buker mukofoti irland yozuvçisi Pol Linçga voqealari istibdodga tuşib qolgan xayoliy Irlandiyada yuz beradigan antiutopiya romani uçun topşirildi. Taqdirlaş marosimi 26 noyabr, yakşanba kuni keçqurun Londonda bölib ötdi. 

«Uşbu kitobni yoziş oson bölmadi. Meni mantiqiy qismim kareram barbod bölyapti deb öylardi, lekin baribir bu romanni yozişga majbur böldim. Bunday hollarda boşqa ilojim yöq», dedi Linç 50 000 funt sterling miqdoridagi mukofotni qölga kiritgandan söng.

Antiutopiya romanning syujyeti Dublinda sodir böladi. Asarda tört farzandli onaning oilasini totalitarizmdan qutqariş uçun kuraşi körsatilgan. Hakamlar hay’ati raisi, kanadalik yozuvçi Esi Edugyan asarni «zamonimizning ijtimoiy va siyosiy taşvişlarini aks ettiruvçi, yurakni larzaga soluvçi va rostgöy» roman deb ta’rifladi. «U hayratlanarli, nozik roman, uni tez orada unutib bölmaydi. Tez va şafqatsiz, u hamma narsani çetlab ötadi. Bu öz öyinining yuqori qismidagi muallifning juda jasur va dahşatli ta’sirli bayonoti», - deya qöşimça qildi u. 

Buker mukofoti eng nufuzli adabiy mukofotlardan biri hisoblanadi va 1969 yildan beri topşirib kelinadi. Uzoq vaqt davomida faqat Buyuk Britaniya, Irlandiya va Britaniya hamdöstligi mamlakatlari fuqarolari laureat bölişi mumkin edi. 2004 yilda mukofotga qöşimça ravişda, ingliz tilida naşr etilgan har qanday roman ğolib bölişi mumkin bölgan Xalqaro Buker mukofoti ta’sis etildi.