Bolgariyalik nosir va şoir Georgiy Gospodinov 2023 yilgi Xalqaro Buker mukofotini “Boşpana” romani uçun qölga kiritdi, deb xabar beradi mukofot sayti 24 may, çorşanba kuni.

Bolgar tilidagi “Boşpana” romani 2020 yilda çiqqan, 2022 yilda esa ingliz tiliga tarjima qilingan. Asar "Ötmişning qaytişi" davolaş markazi - Alsgeymer kasalligi bilan oğrigan bemorlarni davolovçi klinika haqida hikoya qiladi. “Har bir qavat ön yilni batafsil tasvirlab beradi, bemorlarni vaqt böyiça orqaga qaytarib, xavfsizroq va baxtliroq lahzalarga olib boradi”, — deyiladi roman sinopsisida.

"Ironiya va ğamginlik bilan töla ajoyib roman. Bu juda zamonaviy savolga bağişlangan çuqur asar: xotiralarimiz yöqolganda biz bilan nima sodir böladi. Georgiy Gospodinov hayratlanarli darajada individual va jamoaviy taqdirlar bilan iş köra oladi hamda nozik va universal örtasidagi bu murakkab muvozanat bizni işontirdi", dedi hakamlar hay’ati rahbari Leyla Slimani.

Gospodinovning sözlariga köra, u kitobni dunyoda populizm avj olgan hamda “AQŞ va Yevropada “buyuk ötmiş” kartasi öynalayotgani” fonida yozişga qaror qilgan. "Men kommunizm davrida "yorqin kelajak"ni sotgan tizimdan kelganman. Endi urğu beriladigan narsalar özgardi, populistlar esa "yorqin ötmiş"ni sotmoqda. Men bilamanki, ikkala va’da ham kafolatlanmagan", - deydi yozuvçi. Gospodinov 1968 yilda Bolgariyada tuğilgan. “Boşpana” - uning uçinçi romani.