Gelgut nufuzli mukofot bilan “Va'da” (The Promise) deb nomlangan asari uçun taqdirlangan. Uşbu roman Janubiy Afrikada yaşovçi oq tanli oila haqida bölib, undagi voqealar 1980-yillardan boşlanadi. Romanda ölayotgan oq tanli ayol öz turmuş örtoğidan ularga tegişli fermani qora tanli xizmatkor ayolga qoldirişga va'da berişini söraydi. Biroq er va'dani bajarmaydi va bu butun oila uçun önlab yillar davomida göyoki “qarğiş”ga aylanadi.
Yozuvçi, şuningdek, 50 ming funt sterling (88 ming dollar) miqdoridagi pul mukofoti bilan ham taqdirlangan.
Gelgut mukofotni barça afrikalik yozuvçilarga bağişlaşini aytgan.
“Bu yil Afrika adabiyoti uçun ajoyib yil böldi. Uşbu mukofotni aytilgan va aytilmagan barça voqealar, buyuk qit'aning eşitilgan va eşitilmagan yozuvçilari nomidan qabul qilişni istardim. Men ham uşbu qit'aning bir qismiman”, deb aytgan Gelgut marosimdagi nutqida.
“Joriy yilda Nobel sovrindori Afrikadan bölgani va Bukerni afrikalik olgani, Afrika ovozi tobora jaranglayotganini taxmin qilişga ijozat beradi”, deb ta'kidlab ötgan yozuvçi.
Oktyabrda arab millatiga mansub tanzaniyalik yozuvçi Abdulrazzoq Gurna adabiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindoriga aylandi. 3 noyabrda esa senegallik yozuvçi Muhammad Mbugar Sarr Fransiyaning adabiyot sohasidagi eng nufuzli mukofoti – Gonkur mukofoti bilan taqdirlangani ma'lum böldi.
Gelgut Buker mukofoti uçun kuraşda dunyoning turli burçaklaridan bölgan, asarlari Britaniya va Irlandiyada 2020 yil 1 oktyabrdan keyin çop etilgan 158 yozuvçini ortda qoldira olgan.
2020 yil uçun Bukerni 29 yoşli niderlandiyalik Marika Lukas Reyneveld “Noqulay keça” asari uçun qölga kiritgandi. E'tiborlisi, u mukofotning eng yoş sovrindoriga aylangandi.
2004 yilda taşkil etilgan Buker mukofoti adabiyot sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. 2016 yildan boşlab u ingliz tilida kitob yozgan yoki asari Britaniyada naşr etilgan yozuvçilarga berila boşlangan.

















