Samolyot bortida tuğilgan çaqaloqqa ota-onasi Uralbek deb ism qöyişdi. Bu haqda «24.kg» xabar qildi.

Qirğizistonlik Mahbuba Sermamatova Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi samolyotida farzandli böldi. Samolyot Öş — Yekaterinburg yönalişi böylab parvoz qilayotgandi.

Mahbuba Sermamatovaning aytişiça, u farzandini avgust oyida dunyoga keltirişi kutilayotgandi, şuning uçun bemalol samolyotda yölga otlangan. Ammo samolyot osmonga kötarilganidan söng uni tölğoq tutgan va samolyot bortida oğirligi 2,6 kg.li öğil farzandni dunyoga keltirgan. Mahbubaning ikki yarim yoşli yana bir öğli bor. U bir neça yildan buyon turmuş örtoği bilan Çelyabinsk şahrida yaşaydi.