Ötgan yili Ravşanbekning onasi Dilnoza Polvonova KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilgan edi. Şu sabab baxtsiz hodisa sabab qölidan ayrilgan öğli Ravşanbek uçun xayriya aksiyasi uyuştirilgan edi. Yiğilgan pullar evaziga bola Moskvaga borib, yangi sun'iy qöl bilan ta'minlangandi.

Insonning taqdiri qiziq, insonning taqdiri ajoyib. Gap şundaki, Dilnoza opa 5 yildan beri özgalar uyida xöjayini va 4 farzandi bilan ijarada yaşab kelmoqda. Turmuş örtoği jigar sirrozi kasaliga çalingan. Farzandiga yiğilgan, hayriya aksiyasidan ortgan mablağni töplab (3500 dollar), vatanli böliş uçun yer sotib olişni maqsad qilgan ekan, şörlik ayol. 

Yaxşi insonlar kömagida Toşkent viloyati, Toşkent tumani, “Köksaroy” MFY, “Oqtom” mahallasi, Tinçlik köçasidan 4 sotix sotiladigan böş yer topgan. Yerning umumiy narxi 4000 dollarni taşkil etadi. Yerni töliq sotib oliş uçun 500 dollar mablağ zarur bölgan. Şunday bölsa ham, yerning rasmiylaştiriş işlarini boşlagan. Lekin şu örinda yana muammoga duç kelgan. Qonun talablari böyiça kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun binoning asosi qurilgan bölişi talab qilinar ekan. Biroq quriliş işlarini boşlaş uçun Dilnoza opada bunday mablağ yöq. Hattoki rasmiylaştiriş işlariga ham mablağ yetmay turibdi. 

Dilnoza opa oilaning yagona boquvçisi. Ayol boşi bilan Toşkent şahri Çorsu bozorida sabzavotlarni olib-sotiş bilan şuğullanadi. Farzandlari onalariga yordamlaşib turadi. Oilaning boşqa heç qanday daromadi yöq. Oila juda noçor ahvolda. 

Alloh özining muborak kalomida şunday deydi: “Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxşi amallar qilganlarning, gözal iş qilganlarning ajrini zoye qilmasmiz” (Kahf surasi 30-oyat).

Azizlar, şu oiladan öz yordamimizni ayamaylik. Zora qilgan ezgu amallarimiz sabab qalblarimiz  rohatlanib, gunohlardan foriğ bölsak. Noçor  oila ham uyli-joyli bölib, sizlarga savobi yoğilib yölingizga şamçiroq bölib tursin.

Xayriya qilmoqçi bölganlar uçun:

Özbekiston hududidan yordam qilmoqçi bölganlarga bank ma'lumotlari: