Shimoliy Xitoyda qizil inkubatorlarda kuniga qariyb 400 mingta jo‘ja tuxumdan chiqadi. Bu Xitoyning 37 mlrd. AQSh dollari ajratilgan tuxum sanoatida olib borilgan izchil islohotlarning mevasidir. Xitoyda deyarli barcha mahsulotlar ishlab chiqariladi va bunga sinchkovlik bilan e'tibor beriladi. Aholi yashash joylarida va tovuq fermalarida boqilayotgan tovuqlar miqdorining ko‘payishi ushbu sohada katta muvaffaqiyatni ta'minlab berishi kutilmoqda. Melamin va ta'siri yuqori antibiotik moddalardan tarkib topgan tuxum ko‘payib borayotgan va bu bir qancha noroziliklarni keltirib chiqarayotgan bir paytda yuqorida amalga oshirilayotgan islohot muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bu sifatli tuxumga nisbatan talabni oshiradi.

“Hozirgi paytda mayda fermer bo‘lsangiz, mahsulotni supermarketga yetkazib berolmaysiz”, dedi China-America Commodity Data Analytics tahlilchisi Yuan Song.
O‘g‘it bilan bog‘liq munosabatlarda qat'iy intizomlarning joriy etilishi hamda atrof-muhit ta'sirining kamaytirilishi mayda fermerlarni tang ahvolga solmoqda. Hozir aksariyat tovuq boquvchilarda 20-50 mingta tovuq bor. Qolgan 10 ming dona parranda mahalliy hukumatlar yirik ishlab chiqaruvchilarga yordam bergani uchun so‘yib yuborilishi mumkin.
Dunyoning eng yirik tuxum sanoati grafigi shu yerda aks etgan:

Innovatsion tuxum ochirish
Bu kabi olamshumul o‘zgarishlar Pekin janubi-g‘arbidan 400 km uzoqlikda joylashgan Xandan provinsiyasidagi tuxum sanoatiga 150 mln. yuan (22.6 mln AQSh dollari) sarmoya ajratilishiga sabab bo‘ldi. Xitoyning Huayu Agricultural Science and Technology Co Ltd va EW Group’s genetics business Hy-Line International qo‘shma korxonasiga tegishli yuqori avtomatlashtirilgan fabrika dunyoning eng yirik tuxum ochiradigan makoni hisoblanadi. “Kuniga 200 ming moda jo‘jalar yoki bir yilda taxminan 60 mln.ni yetishtirish orqali yirik fermalardan bir kunlik jo‘jalarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin. Bu bioxavfsizlikka erishishning eng maqbul yo‘lidir”, dedi Hy-Line International prezidenti Jonatan Keyd. Fermada bir xil yoshdagi qushlar bo‘lishi kasallik tarqalishi xavfini kamaytiradi.
So‘nggi avlod texnologiyalarining mahsuldorlik oshishida xizmati katta. Soatiga 60 ming tuxumni tutib turadigan avtomatik qurilma tuxumni inkubatorga yetmasidan oldin mos keluvchi ikki o‘lchamga ajratadi. Inkubator tuxumni standart shaklga aylantiradi va u yerda bir xil shakldagi jo‘jalar dunyoga keladi. Tuxum ochganidan so‘ng urg‘ochi jo‘jalar avomatlashtirilgan bik-kliping uskunasiga yuboriladi. Jarayon 3500 soatni o‘z ichiga oladi.














