Qo‘lda terilgan 1 kg paxta xom ashyosi uchun 700 so‘m to‘lash taklif qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilinuvchi portalda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish bosqichlarida mehnatga haq to‘lash tarif stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi taqdim etildi.
Hujjatga ko‘ra, qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta xom ashyosi uchun to‘lanadigan mehnat haqini birinchi bosqichda - 700 so‘m, ikkinchi bosqichda - 800 so‘m qilib belgilash taklif qilingan.
Mashinada terilgan paxta xomashyosining 1 tonnasi uchun 350 000 so‘mdan xizmat haqi to‘lash taklif qilinmoqda.
Paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi.
Ta'kidlash joizki, hujjat loyihasida "terimchilar otryadi" tarkibi haqida aniq yozilmagan. Umid qilamizki, otryad tarkibiga ta'lim va tibbiyot muassasalari vakillari, shuningdek talabalar va o‘quvchilar kiritilmaydi.
Mavzuga oid
09:33 / 26.11.2024
Paxta mahsulotini sotishda manipulyatsiyaga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
07:50 / 26.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
19:45 / 09.10.2024