Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi saytida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining «Akademik litseylarda saralaş imtihonlarini ötkaziş, rasmiylaştiriş va natijalarini e'lon qiliş tartibi töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori muhokama uçun joylaştirildi.
Tasdiqlanişi kutilayotgan, Akademik litseylarda saralaş imtihonlarini ötkaziş, rasmiylaştiriş va natijalarini e'lon qiliş tartibi haqidagi nizom Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 212-sonli «Akademik litseylarga umumiy örta ta'lim maktablari öquvçilarini tanlab oliş, öqişga qabul qiliş, ularning öqişini köçiriş va öqişdan çetlatiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda saralaş imtihonlarini ötkaziş, rasmiylaştiriş va e'lon qiliş tartibini belgilaydi.
Nizomda litseylardagi saralaş imtihonini ötkaziş, öquvçilarni akademik litseylarga öqişga qabul qilişni rasmiylaştiriş, xorijiy fuqarolarni öqişga qabul qiliş tartiblari belgilab berilgan.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, tegişli oliy ta'lim muassasasi rektori akademik litseylarga kiriş uçun sinovlar katta siğimdagi binolarda ötkazilişi, test jarayonining eng köp darajada oçiqligi va şaffofligini ta'minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatçilik, şu jumladan, öquvçilarning ota-onalari sinovlarni onlayn rejimida kuzatib borişlariga imkoniyat yaratilişini ta'minlaydilar.
Jumladan, akademik litseyga öqişga qabul qilingan öquvçilarni litseyga öqişga qabul qiliş töğrisida litsey direktorining tegişli buyruği har yili 30 iyulga qadar rasmiylaştiriladi va buyruq nusxasi uç kun muddatda tegişli oliy ta'lim muassasasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasiga taqdim etiladi.
















