Avstraliyalik reynjyerlar Ketrin darasi hududida yirik timsohni uşlaşdi. Bu haqda CTV News xabar bermoqda. 

Foto:AP / NT Department of Tourism and Culture

Reynjyerlarning aytişiça, bu Ketrin daryosida kuzatilgan timsohlardan eng kattasidir. Ta'kidlanişiça, odatda bu hudud yirtqiçlardan nisbatan xavfsiz hisoblanadi.

Foto:AP / NT Department of Tourism and Culture

Uşlangan timsohning uzunligi 4,7 metr bölib, oğirligi 600 kgni taşkil qilgan. 

Ketrin darasi sayyohlar orasida ommalaşgan bölib, ular bu yerda çömilişadi, kanoeda suzişadi va kruizlar amalga oşirişadi.

Reynjyer Jon Berkning aytişiça, ular bu hududda 10 yil davomida yirik timsohga ov qilişgan. “Bu biz uşlagan eng katta timsohdir”, deb aytgan Berk.

Yirtqiç timsohlar fermasiga jönatilgan.

Foto:AP / NT Department of Tourism and Culture