AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri AQŞ prezidenti Donald Trampning NATO sammitida özini tutişini tanqid qildi. Uning fikriça, bu “AQŞning jahondagi nufuziga putur yetkazadi”.
“Men heç qaçon prezident Trampning NATO va Germaniyaga qarşi bu darajadagi ğalati va besamar nutqi kabi sözlarni eşitmaganman. Bu uyatli, halokatga olib keluvçi va AQŞning hozirgi manfaatlariga butkul zid holat böldi”, — deb yozdi Kerri Twitter akkauntida.
“U bizning jahondagi nufuzimizga töxtovsiz putur yetkazmoqda. U bizning manfaatlarimizni parçalamoqda”, — deb qöşib qöydi Kerri.
Tramp Bryusselda bölib ötayotgan NATO mamlakatlari sammitida Germaniya gaz yetkaziş orqali tölaligiça Rossiya tomonidan boşqarilayotganini bildirgandi. U Germaniya Rossiya gazi uçun milliardlar tölab, “Şimoliy oqim-2”ni qurişni möljallagan bir paytda AQŞ uni NATO böyiça ittifoqdoş sifatida himoya qilişini aslo yoqlamasligini aytgandi.












