Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari, ÖzLiDeP fraksiyasi a'zolari Abduraşid Abduqodirov, Rasul Kuşerbayev oliy öquv yurtlarida tölov-kontrakt summasini pasaytiriş ğoyasini ilgari surişmoqda. Deputatlarning bayonoti Rasul Kuşerbayevning Feysbukdagi sahifasida e'lon qilingan.
«Tölov-kontrakt miqdorining oşirilganligi töğri(mi)?» deb sarlavha qöyilgan mulohazada quyidagiça fikrlar bildirilgan:
Yillar davomida har yili oşirib kelinayotgan oliy ta'lim muassasalarida öqiş uçun kontrakt tölov miqdori 2017/2018 öquv yilida oşirilmaganligi barça tölov kontrakt asosida öqiyotgan talabalar va ularning ota-onalari uçun katta yordam bölgan edi. Biroq har yili iş haqi va stipendiyalarning ortib borişini inobatga olganda, bunday holatning har yili davom etmasligi kunday ravşan edi.
Çunki daromadlarning özgarmagani holda xarajatlarning doimiy ravişda ortib borişi bozor iqtisodiyoti şaroitida uzoq davom etmaydi. Umuman aytganda, tölov-kontrakt miqdorlarining hozir e'lon qilinganidan ham köra ança yuqori foizlarga orttirilişi mumkinligi haqidagi xabarlarni ilgariroq eşitgandik. Şuning uçun, öquvçilar judayam qizğin kutib olgan, internet saytlari hamda gazetalarda e'lon qilingan tölov kontrakt miqdorlarini kamaytiriş haqidagi takliflar yuqori taşkilotlarga yuborilgan edi. Biroq, ming afsuski, uşbu takliflarga tegişli mutasaddilar tomonidan hozirgaça heç qanday munosabat yoki javob berilgani yöq.
Mazkur taklif xarajatlarni kamaytiriş, talabaning qölga kiritilgan baliga qarab tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorini belgilaş hamda tayinlangan stipendiya miqdori hisobidan çegirma belgilaş orqali tölov-kontrakt miqdorlarining kamaytiriş va tölaşda qulaylik yaratişdan iborat edi.
Bildirilayotgan bu taklif tölov kontrakt miqdorining hozirgi oşirilgan şaroitida ham talaba va ularning ota-onalari uçun ançagina qulayliklar yaratar edi.
Takliflarni asoslaşga ötsak.
Ma'lumki, 2018/2019 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça umumiy kvota bakalavrlar uçun 69200 nafar, şu jumladan, davlat grantlari böyiça – 17654 nafar va tölov-kontrakt asosida – 51546 nafarni taşkil etadi. Boşqaça aytganda, 17654 nafar talaba davlat byudjyeti asosida ta'lim oladigan bölsa, ulardan atigi bir neça ball kamroq ball olgan talabalar esa tört yil davomida kontrakt tölaşi şart. Ustiga ustak, tölov-kontrakt miqdorining har yili oşirib borilişini ham unutmaslik kerak. Bundan taşqari, talaba yoki uning ota-onasi tomonidan 6 oy oldin tölangan tölov-kontrakt miqdori hisobidan har oy, jumladan, ta'til oylariga ham stipendiya tölanib kelinmoqda.

















