Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin javob sanksiyalarining amal qilish muddatini uzaytirdi
Foto: TASS
Vladimir Putin Rossiyaga qarshi sanksiyalar qabul qilgan davlatlarga nisbatan mahsulot embargosi amal qilish muddatini uzaytirdi. Bu boradagi tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy portalida e'lon qilindi, deb yozadi RIA Novosti.
Cheklovlar 2019 yil oxiriga qadar amal qiladi. Hukumatga farmonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish topshirildi. Hujjat 12 iyuldan kuchga kirdi.
Ekspertlarning fikricha, bu qadam narxlar va inflyatsiyaga ta'sir qilmaydi.
2014 yil avgustda Putin Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan AQSh, YeI davlatlari, Kanada, Avstraliya va Norvegiyadan bir necha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatga import qilishni taqiqlovchi farmonga imzo chekkandi.
Taqiq ro‘yxatiga go‘sht, kolbasa, baliq va dengiz mahsulotlari, meva-sabzavotlar, sut mahsulotlari kiritilgandi. G‘arb sanksiyalari saqlanib qolishiga javoban Rossiya ham javob choralari davomiyligini 2018 yil oxirigacha uzaytirgan.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026