Zangiota tumanida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi start oldi
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Zangiota tuman Kengashi tomonidan “Yosh kitobxon” Respublika ko‘rik-tanlovining 20-30 yosh toifasida Zangiota tuman bosqichi start oldi.
Tumandagi turli soha vakillari va mahallalar kesimidagi uyushmagan yoshlar, kollej bitiruvchilari hamda harbiy qismlardagi kursantlar, serjantlar va ofitserlar ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinash maqsadida jam bo‘lishdi. Tuman hokimi tanlovni ochib berdi va yoshlarga qarata iliq fikrlar bildirdi. Tanlov test tariqasida amalga oshirildi.
- Ulug‘ ajdodlarimizning aql-zakovati va badiiy dahosi bilan yaratilgan noyob asarlar, xususan, matematika, mineralogiya, astronomiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, me'morlik, tarix, san'at, adabiyot, ilohiyot, falsafa va boshqa sohalarga oid manbalar nafaqat bizning xalqimiz, balki jahon ahlining bebaho boyligi hisoblanadi, - dedi Zangiota tuman hokimi.
Mavzuga oid
11:23 / 22.06.2024
Toshkent viloyatida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi
17:35 / 27.04.2024
«Cobalt’ni turmush o‘rtog‘imga sovg‘a qildim» – kitobxonlik tanlovida yutgan yosh ona hikoyasi
13:24 / 05.03.2024
8-sinf o‘quvchisi kitob o‘qib dadasiga Cobalt sovg‘a qildi – u buni qanday uddaladi?
18:40 / 03.03.2024