O‘zbekiston | 16:20 / 13.07.2018
5682
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatlari agentligi direktori Fransiya elchisi bilan uchrashdi 

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

2018 yilning 13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori X.Turaxo‘jayev va Fransiya Respublikasi elchisi Violen de Vilmor uchrashdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi KUN.UZ’ga xabar bermoqda.  

Kirish so‘zida Agentlik direktori X.Turaxo‘jayev mehmonlarni Agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida, elchi Violen de Vilmor Agentlik direktoriga mazkur uchrashuvni tashkil etganligi uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlikka tayyor ekanligini ma'lum qildi. Violen de Vilmor Fransiyada davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni bilan tanishtirib, O‘zbekiston tajribasi o‘zida kompleks chora-tadbirlarni aks etganligi bilan unikal ekanligini qayd etdi.

Uchrashuv so‘ngida taraflar kelgusidagi ikkitomonlama hamkorlik to‘g‘risida kelishib olishdi.

Mavzuga oid