1993 yildan buyon Eritreyani boşqarib kelayotgan, mamlakatning birinçi prezidenti Isayas Afverki Efiopiya bilan «uruş holati» bekor qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda Reyters xabar bermoqda. 

14 iyul kuni Isayas Afverki uç kunlik rasmiy taşrif bilan Efiopiyaga yetib keldi. Mahalliy Efiopiya telekanallarida uning «uruş holati»ni bekor qilgani haqidagi bayonoti körsatilgan. 

Prezidentni aeroportda Efiopiya Boş vaziri Abiy Ahmad kutib olgan. Rahbarlar quçoq oçib, bir-birini olqişlagani markaziy telekanallar orqali namoyiş etildi. Şundan söng, ikki davlat rasmiy vakillari kengaytirilgan tartibda ötkazilgan yiğilişda çegaraviy mojarolarga barham berişga kelişib olgan.

Foto: REUTERS