Aziz samarqandlik vatandoshlar, yangi hokimingiz haqida bilishni xohlaysizmi? Unday bo‘lsa, intervyuni o‘qib chiqing!
Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayevning 20.08.2017 yil sayyor sessiyalaridagi Samarqandning yangi hokimi Erkinjon Turdimov bilan tet-a-tet formatidagi suhbati.

Siz oldin Navoiy viloyatiga hokim bo‘lgansiz. Shu boisdan ham ikki viloyat hayotini, aholi yashash sharoitini sizdan yaxshi biladigan mutaxassisni topish qiyin. Nima deb o‘ylaysiz, ikki viloyatni bir-biridan ajratib turadigan jihatlari nimada?
Navoiy bilan Surxondaryoni taqqoslash juda mushkul. Chunki Navoiy sanoatlashgan hudud va Navoiy mamlakatning donori hamdir. Bu hudud tushayotgan tushumining 65 foizini Respublika byudjyetiga beradi. Surxondaryo esa 33-35 foiz mablag‘ni subventsiya hisobidan markaziy byudjyetdan oladi. Surxondaryoda 5 ta tuman va Termiz shahri subventsiyadan chiqqan bo‘lsa, 8 ta tuman subventsiyadan foydalanmoqda. Shu boisdan, hokim sifatidagi asosiy maqsadim, Surxondaryoni subventsiyadan chiqarishdir.
Xalq bilan muloqot yilida Turdimovning o‘ziga xos texnologiyasi qanaqa?
Har bitta rahbarning o‘z ish rejasi bo‘lishi kerak. Aks holda kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yamiz. Masalan, men hokim sifatida har haftalik ish rejamni belgilab olaman va har shanba kuni bitta tumanda, joyiga borib muloqot qilaman. Chunki, hududning o‘ziga borib muammoni eshitishning natijasi ko‘p bo‘ladi va xalq muammosini his qilish imkoni bo‘ladi. Hatto ba'zida ularni eshitib xo‘rligingiz keladi, afsuski, ayrim xollarda qo‘limdan kelmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib qoladi.
Har yakshanba kuni telemuloqot o‘tkazar ekansiz. Shu haqida gapirib bersangiz.
Biz bu texnologiyani Navoiyda qo‘llaganmiz va ilk marotaba Surxondaryoda ham qo‘lladik. Oxirgi muloqotimizda 420 ta murojaat bo‘ldi. Bundan tashqari, tuman hokimlari, korxona rahbarlari, ta'lim, soliq va boshqa soha vakillari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga chiqadilar. Ko‘tarilgan masalalarning yechilganini esa har juma kuni videoselektorda nazorat qilamiz.
Ba'zi hokimlar majlis o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Siz-chi?















