Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIVdagilar NATOni «befoyda harbiy blok» deb atashdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO sammitining yakuniy bayonotiga munosabat bildirib, Shimoliy Atlantika alyansini «befoyda harbiy blok», deb atadi.
Ilgariroq sammit qatnashchilari Rossiyaning alyans chegaralaridagi «provokatsion faoliyati» haqida gapirib o‘tishgan edi. NATO, shuningdek, Rossiyani «Kaliningradda qo‘sh maqsadli zamonaviy raketalarni o‘rnatish»da ayblagan. Bundan tashqari, alyans vakillari «NATO mamlakatlari havo hududiga bir necha bor buzib kirilgani va Qrimda harbiy salohiyat yuksaltirilayotgani»ni ta'kidlashgan.
Rossiya senati — Federatsiya Kengashida harbiy blokning Rossiya tomon ayblovlarini absurd deb baholashgan.
«Sammitning bayonotiga e'tibor bering. Bu absurdning chek-chegarasi bormikan?», — deb yozgan Federatsiya Kengashining xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida.
Harbiy blokning tajovuzkorona rejalari
Rossiya Davlat dumasi mudofaa ishlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yuriy Shvitkin, o‘z navbatida, alyans Rossiya chegaralari oldida tajovuzkorona rejalarni ishlab chiqayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hol bezovta qilmasdan qo‘ymaydi.
Deputat, shuningdek, Shimoliy alyans harbiy xarajatlarni oshirib, o‘z salohiyatini kuchaytirmoqchi ekanligini qayd etdi.
«Albatta, jumladan, Ozarboyjonning NATO sammitiga taklif etilishi ham o‘zining harbiy ta'sirini oshirish va (Rossiya chegaralari yaqinida) yaxshiroq joylashib olishni ko‘rsatib turibdi», — degan siyosatdon.
Parlament a'zosi sammit Rossiya va NATO davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga raxna soluvchi yondashuvni namoyon etib berganini qayd etdi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026