Kattaqörğondagi holat yuzasidan bir qator xodimlar içki işlar organlari xizmatidan böşatildi. IIV jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabarida Kattaqörğondagi voqea böyiça vazirlik tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijalari ma'lum qilindi.

Bugungi kunda tekşiruv yakunlangan bölib, natijasiga köra, xizmat vazifalarini ijro etişda qöpol kamçiliklarga yöl qöyib, xodimlarning xizmat olib boriş faoliyatini tegişli tartibda nazorat qilmagan hamda şaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy işlar olib borilişini yetarli darajada taşkil etmaganliklari uçun Kattaqörğon şahar IIB boşliği Ilyos Abduqahhorov, uning birinçi örinbosari Izzatillo Xöjamqulov hamda kadrlar böyiça örinbosari Zafar Şeraliyev, şahar IIB JQB boşliği Alişer Şukurov Içki işlar vazirining buyruği bilan içki işlar organlari xizmatidan böşatildi. Viloyat IIB va şahar IIBning bir qator rahbar xodimlariga nisbatan boşqa intizomiy jazo çoralari qöllanildi.

Bundan taşqari, yuqoridagi voqea sodir etilişi bilan boğliq holatlarda xizmat vazifalarini bajarmagan Kattaqörğon şahar IIB katta inspektor navbatçisi Nasim Aliyev va navbatçi yordamçisi Jahongir Şodiyev egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, uşbu IIB profilaktika inspektori Şamşod Töxtayev esa içki işlar organlari safidan böşatildi.

Yuqoridagi videolavhani tasvirga olgan va unda aks etgan holatlarni keltirib çiqargan San'at Umarov içki işlar organlari safidan böşatilişi bilan birga, unga nisbatan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olingan. Jinoyat işi böyiça hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kelgusida bu kabi salbiy holatlar sodir etilişining oldini oliş maqsadida ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasi barça darajadagi içki işlar organlari şaxsiy tarkibi orasida keng muhokama qilinmoqda.

Şuningdek, bunday holatlarga qat'iyan yöl qöymaslik hamda içki işlar organlarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari işonçli himoya qilinişini ta'minlaş borasidagi faoliyatning ahvolini har tomonlama örganiş, aniqlangan kamçiliklarni joyida bartaraf etiş va tegişli çora-tadbirlar köriş maqsadida Boş prokuratura va Içki işlar vazirligining qöşma farmoyişi bilan işçi guruh tuzildi.