Özbekistonda bugun, 15 iyul kunidan boşlab xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda böliş uçun elektron kiriş vizalarini rasmiylaştiriş va beriş boşlandi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 4 iyul kuni imzolangan «Özbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirişi tartibini optimallaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, endilikda xorijlik fuqarolar Özbekistonga kiriş vizasini oliş uçun diplomatik vakillik yoki Özbekistonning çet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilişi şart bölmaydi.
Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga Özbekiston hududida böliş huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boşlab 90 kun muddat içida amal qiladi.
Elektron vizani rasmiylaştiriş va beriş uçun murojaatni körib çiqiş muddati ikki iş kunini taşkil etadi (murojaat berilgan kundan taşqari).
Berilgan elektron viza xorij fuqarosining «e-visa.gov.uz» portaliga qilgan murojaatida körsatilgan elektron manzilga jönatiladi.
Elektron vizani rasmiylaştiriş uçun murojaat beriş Özbekiston Respublikasiga keliş sanasidan uç iş kunidan kam bölmagan muddatda amalga oşiriladi.
Elektron kiriş vizasini oliş murojaatini körib çiqiş uçun konsullik yiğimi hajmi 20 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Tölov elektron körinişda xalqaro tölov tizimlari orqali amalga oşiriladi.
Elektron viza berişda rad javobi berilgan taqdirda konsullik yiğimi uçun olingan mablağ qaytarilmaydi.
Elektron viza ötiş xujjatiga (pasport) yopiştirilmaydi. Çegara orqali ötiş punktida çet el fuqarosi elektron vizani qoğoz yoki elektron körinişda taqdim etadi.
















