Davlat to‘ntarishlariga butunlay chek qo‘yildi - Erdo‘g‘an
Turkiyada harbiy to‘ntarishlar davriga butunlay chek qo‘yildi. Bu haqda Turkiya rezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «15 iyul - Demokratiya va milliy birdamlik kuni» munosabati bilan Istanbuldagi «15 iyul qurbonlari» ko‘prigida tashkil etilgan mitingda ma'lum qildi.
«15 iyul – millatning qayta tug‘ilishi, xalq irodasiga qilingan hujumga qarshilik timsoli. Biz 15 iyulni hech qachon unutmaymiz va unutishga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu Turkiya uchun tarixiy davrdir», - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari 2016 yil 15 iyulda Fathulloh Gulen (FETÖ) terrorchilik oqimi tomonidan qilingan davlat to‘ntarishiga urinish turk xalqining matonati va jarosati tufayli yo‘qqa chiqqanini ta'kidladi.
«FETÖ hujumini qaytarib bayrog‘imiz va mustaqilligimizni himoya qilgan, o‘z qonlari bilan qahramonlik tarixini bitgan shahidlarimizni Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Bu g‘alaba xalqimiz matonati, shahid va g‘oziylarimizning tank va samolyotlar qarshisida ko‘rsatgan jasorati natijasidir. Yer yuzida 15 iyul ruhi yashar ekan, hech bir kuch Turkiyani o‘z yo‘lidan qaytara olmaydi», - dedi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘an turk demokratiyasiga tajovuz qilganlar adolatli ravishda o‘z jazolarini olganligini qayd etdi.
«O‘sha tunda mamlakatimizga xiyonat qilganlar, xalqimizga qarata o‘q otganlar eng keskin jazoga tortildi. Biz Pensilvaniyada yashirinib yotgan maxluqning qo‘llarini, ulkan yolg‘ondan iborat sakkizoyoqning paypaslagichlarini qirqib tashladik», - dedi Turkiya prezidenti.
Turkiya rahbari mamlakatdagi barqarorlikka putur yetkazishga qaratilgan har qanday urinish bundan buyon ham keskin bartaraf etilishini ta'kidladi.
«Xalqimiz tinchini buzishga uringanlar bizning, armiyamizning, politsiya va xavfsizlik himoyasidagilarning qarshiligiga duch keladi», - dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
11:08 / 19.10.2019
OAV AQSh va Turkiyaning Suriya bo‘yicha muzokaralaridagi bosh masalani e'lon qildi
15:18 / 17.10.2019
«Ahmoqlik qilmang!» - Trampning Erdo‘g‘anga yozgan ogohlantirish xati oshkor bo‘ldi
18:35 / 15.10.2019
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda
13:24 / 15.10.2019