Şifokorlar iste'mol qilişga qarşi körsatmalar bölmasa, qorağatni (smorodina) faol iste'mol qilişni tavsiya qilişmoqda. Qorağat köplab vitamin va foydali moddalarga ega bölib, organizm uçun juda foydalidir. Qorağatning iste'moli bir qator davolovçi effektlarga ega.

Jumladan, bu öta vitaminlaşgan rezavor meva tufayli qon va tomirlar holati yaxşilanadi, qon bosimi me'yorlaşadi. Tibbiy mutaxassislarning aytişiça, gipertoniklar qorağat iste'mol qiliş evaziga yozning issiq kunlari qon bosimlari oşib ketişidan özlarini himoya qilişlari mumkin. Biroq qon bosimi pasayişi bilan boğliq muammolarda qorağatni kam miqdorda iste'mol qiliş lozim. 

Qorağat şuningdek oğiz böşliğidagi mikrobiomga ijobiy ta'sir qiladi. Uning tarkibida stomatit, kariyes, galitozning oldini oluvçi kvertitsin moddasi mavjud.

Yurak kasalligidan aziyat çekuvçilarga har kuni qorağat yoki uning şarbatini iste'mol qiliş juda foydalidir, çunki u kaliyga ham boy. Qorağat siydik haydovçi xususiyatga ega bölib, oyoq şişlarida yordam beradi.

Qorağat, şuningdek, oşqozon-içak holatini ham yaxşilar ekan. Qorağatning har qanday turi, xoh qizil, qora, oqi bölsin, peristaltikani yaxşilaydi, içakka nomaqbul va xavfli moddalardan samarali tozalanişda yordam beradi.

Şifokorlarning ta'kidlaşiça, qorağat stress va tuşkun holatlardan aziyat çekuvçilarga ham koni foyda.