Daniyalik bir guruh olimlar ötkazgan tadqiqotga köra, vitamin K yetişmovçiligi bor insonlarda öpka faoliyati sust böladi va köproq şu toifadagi odamlar astma, xirillaş va boşqa nafas tizimiga oid kasalliklardan aziyat çekadi.

"Vitamin K ning qon uçun zarurligi haqida tadqiqotlar yetarli, uning suyaqlar va yurak uçun ham ahamiyati örganilyapti, biroq K vitaminining öpka uçun muhimligi haqida deyarli tadqiqot yöq edi" deydi tadqiqotçilardan biri Torkil Jyespersen.

Tadqiqotçilar 24 yoşdan 77 yoşgaça bölgan 5 mingga yaqin iştirokçining öpka faoliyatini örgangan va ularda nafas maşqlari ötkazişgan. Şuningdek, iştirokçilardan vitamin K ga qon tahlili olingan, ular soğlom turmuş tarziga oid sörovnomalarda qatnaşgan. Umumiy örganişlar natijasida vitamin K darajasi past bölgan kişilarda nafas oliş maşqlaridagi körsatkiçlar ham pastroq çiqqan, ularda xirillaş va astma kabi holatlar ham aniqlangan.

Olingan xulosaga köra, qonida vitamin K kamroq bölgan odamlarda öpka faoliyati yomonroq bölişi mumkin va bundan keyingi tadqiqotlarda şu vitaminning yetişmovçiligining oldini oliş öpka faoliyatini yaxşilaşga yordam beriş-bermasligi örganiladi.

Lekin K vitamini foydali degani uning me’yordagi iste’molini oşirib yuboriş kerak degani emas. Buning foyda-zarari haqida yana alohida tadqiqotlar kerak.

19 yoşdan oşgan erkaklar uçun vitamin K ning kunlik dozasi 120 mkg, ayollar uçun esa 90 mkg.

K vitaminiga boy mahsulotlar:

  • Karam;
  • Brokkoli;
  • Ismaloq;
  • Salat bargi;
  • Avakado;
  • Şolğom.