Özbekiston vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat bir guruh vakillar Afğoniston davlatida bölib turibdi. 

Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi boşqarmasi boşliği Şerzod Yoqubov farmatsevtika va soğliqni saqlaş sohasida Afğoniston va Özbekiston örtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib bormoqda.

Xususan, Afğonistonning Fyucher Vels Trayding kompaniyasi direktori bilan Özbekistondagi işlab çiqaruvçilar tomonidan yiliga örtaça 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Şuningdek, Afğoniston Aholi salomatligi vazirligining farmatsevtika xizmatlari direktori Hamid Furmuli bilan mazkur mamlakatdagi «Ibn Sina» korxonasi negizida şartnoma tuziş masalalari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, stomatologiya xizmatlari körsatiş böyiça Kobul şahrida atigi bitta korxona faoliyat körsatib kelayotgan bölib, uçraşuvlar davomida Afğoniston tibbiyot xodimlarini Health manager böyiça malakasini oşiriş, qisqa muddatli kurslarda öqitiş masalalari kelişildi.

Özbekistonda işlab çiqarilgan dori mahsulotlarini uşbu mamlakat bozoriga yetkaziş borasida Afğoniston «Oziq-ovqat va dori vositalarining sifatini nazorat qiliş» milliy uyuşmasi raisi bilan samarali muzokaralar olib borildi. Xususan, davlat röyxatidan ötkazişning özaro soddalaştirilgan tizimini (25 kungaça) joriy qiliş böyiça kelişuv loyihasi işlab çiqilmoqda.