15 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida jahon çempionati final uçraşuvi ötkazildi. Öyin Fransiyaning Xorvatiya ustidan 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinni tribunadan mezbon davlat rahbari Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino hamda finalçilar - Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitaroviç ham kuzatib borişdi.
Ular hakamning öyin tugagani haqidagi huştagidan keyin maydonga çiqib kelişdi va futbolçilarni taqdirlaş marosimida qatnaşişdi.
Şu vaqtda qöqqisdan yomğir quyib yubordi. Bu vaziyatda darhol Rossiya prezidentiga soyabon tutişdi. 7 daqiqa ötibgina uning yonidagi arboblarga soyabon keltirildi, bu vaqt içida esa ular jiqqa höl bölişdi.


Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat turli piçing va kinoyalarga sabab böldi. Internet foydalanuvçilarining aksariyati çempionat mezbonlarini madaniyatsizlikda ayblagan.

















