Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyaçisi Luka Modriç jahon çempionati finalida Fransiyadan qabul qilingan mağlubiyat haqida fikr bildirdi. 

"Musobaqaning eng yaxşi öyinçisi bölganim biroz bölsa ham kayfiyatimni kötardimi? Yöq, albatta! Biz axir mağlub böldik. Mening yagona intilgan maqsadim – bu Xorvatiyaning ğalabasi edi. 

Bugun mening jamoamga şunçaki omad yetişmadi. Men aynan şunday hisoblayman. Jamoamizdagi har bir öyinçi şu fikrda. Biz yaxşi öynadik va bugun maydondagi eng yaxşi jamoa böldik. Biroq eng yaxşi jamoalar doim ham yutavermaydi. Ikkinçi gol öyinni özgartirgan vaziyat böldi. Biz hakam VAR yordamiga murojaat qilganida hayron böldik. Umuman, biz hakamning işidan hayratdamiz. Birinçi gol oldidan u jarima zarbasi belgiladi, menimça, u yerda fol yöq edi. Fransiya hisobni oçdi. Biroq biz ajoyib futbol namoyiş qilib, öyinga qaytdik, hakam esa penalti belgiladi. Bunday vaziyatlar doimo jamoani öldiradi. Doimo kambeklar amalga oşirişning iloji yöq. 

Biz oxirigaça kuraşdik va erişgan natijamiz va bugungi öyinimizdan faxrlanamiz. Afsuski, buning özi yetarli bölmadi", – dedi Modriç.