«Lujniki» stadionida futbol böyiça jahon çempionati finali vaqtida maydonga 4 kişi yugurib çiqdi.
Ikkinçi bölim davom etayotgan vaqtda maydonda militsiya libosidagi şaxslar paydo böldi. Ularni tez orada maydondan olib çiqib ketişdi.
Fransiya va Xorvatiya örtasidagi öyin bir oz vaqt töxtab qolişiga sabab bölganlar Pussy Riot guruhi a'zolari ekani ma'lum böldi. Guruhning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilinişiça, «Militsioner öyinga qöşiladi» aksiyasi rus şoiri Dmitriy Prigovga bağişlangan bölib, guruh şuningdek hukumat oldiga qöygan talablari röyxatini ham e'lon qilgan.
1. Barça siyosiy mahbuslarni ozod qiliş.
2. Layk uçun qamamaslik.
3. Mitinglar vaqtida noqonuniy hibsga olişlarni töxtatiş.
4. Mamlakatda siyosiy raqobatga ruxsat beriş.
5. Yöq joydan jinoiy iş oçmaslik va odamlarni sababsiz tergov izolyatorlariga sudramaslik.
6. Yer militsionerini «samoviy militsioner»ga aylantiriş.






























