Statistik ma'lumotlar bilan şuğullanadigan WhoScored portali jahon çempionatining ramziy terma jamoasini tuzdi.
Uşbu röyxatdan musobaqada ğolib bölgan Fransiya terma jamoasining heç bir a'zosi joy olmadi.
Ramziy terma jamoadan quyidagi futbolçilar örin oldi:
Darvozabon: Kasper Şmeyxel (Daniya).
Himoyaçilar: Mario Fernandes (Rossiya), Yyerri Mina (Kolumbiya), Andreas Grankvist (Şvetsiya), Marselo (Braziliya).
Yarim himoyaçilar: Kiran Tripper (Angliya), Kevin de Bryuyne (Belgiya), Luka Modriç (Xorvatiya), Neymar (Braziliya).
Hujumçilar: Harri Keyn (Angliya), Eden Azar (Belgiya).


















