Sport | 14:00 / 17.07.2018
31101
2 daqiqa o‘qiladi

«Metallurg» Qo‘qonda qanday «o‘ldirildi» - bahsli vaziyatlar videosi

Foto: FC Qo'qon-1912

13 iyul kuni Superliga 14-turi doirasida «Qo‘qon-1912» - «Metallurg» o‘yini o‘tkazildi.

O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi. 70-daqiqada Zohid Abdullayev qarshi hujumda mezbonlarni jazolagan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tgach, Murod Xolmuhammedov penaltidan hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Behruz Sa'dulloyev qo‘qonliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

O‘yindan so‘ng, «Metallurg» klubi telegram kanali hisob bekobodliklar foydasiga 1:0 bo‘lib turganida, bosh hakam Viktor Serazetdinov penaltini «o‘ylab topgani» haqida yozdi. O‘yindan keyin esa, bunday nohaqlikka chidolmagan «Metallurg» futbolchilari kiyinish xonasida ko‘z yoshi to‘kkanini ma'lum qilgan edi.

«Metallurg» muxlislari o‘yindagi uchta vaziyat videosini YouTube kanaliga joylashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ularda «Metallurg» klubining juda xavfli ikkita hujumi «o‘ylab topilgan ofsayd» tufayli hakam tomonidan to‘xtatib qolingani, penalti esa ancha bahsli ekanini ko‘rish mumkin. Xulosa chiqarish o‘zingizdan.

Mavzuga oid