Parij şahar transport boşqarmasi futbol böyiça milliy terma jamoaning JÇ-2018’dagi ğalabasi şarafiga metroning 6 stansiyasini vaqtinçalik qayta nomlaşga qaror qildi. Jumladan, ikkita stansiya terma jamoa boş murabbiyi Dide Deşam va bittasi jamoa sardori Ugo Loris nomiga qayta nomlandi.

Stantsiyalar avvalgi nomi deyarli saqlanib qolgan holda söz öyinidan foydalangan holda qayta nomlangan. Misol uçun, Victor Hugo stansiyasi Ugo Loris şarafiga Victor Hugo Lloris (Viktor Ugo Loris) deb, Deşam şarafiga esa Notre-Dame des Champs stansiyasi Notre Didier Deschamps (Bizning Dide Deşam), Şamps-Elysees – Clemenceau stansiyasi Deschamps Elysees – Clemenceau (Deşam Elize - Klemanso) deb nomlangan. 

Şuningdek, Charles de Gaulle – Etoile stansiyasi On a 2 Etoiles (Bizda endi ikkita yulduz bor), Avron esa Nous Avron Gagne (Biz Avronda yutdik), Bercy esa Bercy les Bleus (Rahmat, Köklar) deb qayta nomlangan.

Şuningdek, London metrosiniing Southgate (Sautgeyt) stansiyasi Angliya terma jamoasining jahon çempionatida 4-örinni egallagani şarafiga 2 kunga jamoa boş murabbiyi şarafiga Gareth Southgate (Garet Sautgeyt) deb qayta nomlanişi ma'lum qilingan.